«bolalar ombudsmani» tegli maqolalar


Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi
24 aprel 2024, 22:03

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Jizzaxda o‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi
23 aprel 2024, 12:15

Jizzaxda o‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi dars tayyorlamay kelgan 13 nafar o‘quvchiga stul ko‘tartirib, videoni ota-onalar guruhiga yubordi. Bolalar ombudsmani bu tarzdagi jazo taqiqlanganini bildirdi. IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi
16 aprel 2024, 15:05

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va “samorez” sanchgani aytilmoqda. Holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan buyon takrorlanib kelgan. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va o‘qituvchi ishdan olinganini bildirdi.

Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi
13 aprel 2024, 09:27

Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi

Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.

Bo‘stonliqda sinfdoshini kaltaklagan va kamsitgan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi
5 aprel 2024, 14:40

Bo‘stonliqda sinfdoshini kaltaklagan va kamsitgan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi

Toshkent viloyatida sinfdoshiga nisbatan bulling uyushtirgan, uni kaltaklab, haqoratlagan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi
4 aprel 2024, 20:04

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. Oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, onasi bilan uchrashildi va qiz yashash manziliga qaytarildi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi
27 mart 2024, 16:55

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi

Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli o‘zbekistonlik qizchani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda
18 mart 2024, 22:56

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli o‘zbekistonlik qizchani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi. Onasi uni enaga bilan qoldirib, olib ketgani kelmaganidan keyin qizaloq vasiylik organiga topshirilgan.

Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani
18 mart 2024, 10:10

Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani

Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda
7 mart 2024, 09:49

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda

Samarqand viloyatida tug‘ilgan 16 yoshli qiz Qashqadaryodagi xonadonlarning birida fohishalikka majburlanganini aytib, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi
3 mart 2024, 10:01

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi

Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berildi. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ldi.

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi
27 fevral 2024, 19:13

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi.

Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi
23 fevral 2024, 14:41 1

Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi

Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.

Toshkentda yosh qizchaga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi
16 fevral 2024, 12:43

Toshkentda yosh qizchaga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi

Toshkentda 2017-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib qondirgan erkak 16 yilga qamaldi. Sud ishida qatnashgan bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat qilib, kichik yoshdagi bolalarga begonalar bilan to‘qnash kelganda o‘zini qanday tutish va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatishga chaqirdi.

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi
15 fevral 2024, 14:58

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi

To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab-internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Holat o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmani tarbiyachi qonun doirasida javobgarlikka tortilishi shartligini bildirdi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari ketmoqda.

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 14:53

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.

“Biz „Dok-1 Maks“ ishi bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz”. Bolalar ombudsmani — jabrlangan va vafot etgan bolalarning ota-onalariga kompensatsiya to‘lash haqida
6 fevral 2024, 01:11

“Biz „Dok-1 Maks“ ishi bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz”. Bolalar ombudsmani — jabrlangan va vafot etgan bolalarning ota-onalariga kompensatsiya to‘lash haqida

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova “Dok-1 Maks” siropi ishida ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Undan foydalanish oqibatida O‘zbekistonda kamida 69 bola halok bo‘lgandi.

“Jinsiy tarbiyadan olabo‘ji yasamaslik kerak” — bolalar ombudsmani
5 fevral 2024, 19:56

“Jinsiy tarbiyadan olabo‘ji yasamaslik kerak” — bolalar ombudsmani

O‘zbekistonda jinsiy tarbiya “bolaning tarbiyasi va axloqiy fazilatlariga qandaydir tarzda tahdid soladi”, degan fikr keng tarqalgan, dedi bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida. “Undan olabo‘ji yasamaslik kerak. Ma’rifat tahdid solishi mumkin emas”, — dedi u.

Toshkentda PPX xodimlari 13 yoshli bolani mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi (video)
2 fevral 2024, 10:02

Toshkentda PPX xodimlari 13 yoshli bolani mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi (video)

Chilonzor tumanida 13 yoshli bolaning yonidan pirotexnika vositasi chiqqach, PPX xodimlari uni mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi. Bola boshidan lat yegan va qattiq qo‘rqqan. Ikki xodimga hayfsan berildi. Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi
31 yanvar 2024, 09:40

Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi

Shahrisabz shahrida 17 yoshli qizni turmush qurishga undab, tazyiq va ruhiy bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi. Avvalroq qizga himoya orderi berilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting